Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | (375) 221-09-23 atm@qmii.uz

Buyuk murabbiy

 

2018 yil 22 yanvar kuni Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti, hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qashqadaryo viloyati bo‘limi hamkorligida O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti, buyuk davlat va siyosat arbobi Islom Abdug‘anievich Karimov tavalludining 80 yilligiga bag‘ishlab “Buyuk murabbiy” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda institut rektori N.Maxmudov, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari o‘rinbosari M.Quronov, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qashqadaryo viloyati bo‘limi boshlig‘i L.Saodatova, institutning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori A.Xayriddinov, institut murabbiylar kengashi raisi S.Ibragimov, fakultet dekanlari, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi IBT etakchisi Z.Eshonqulov, fakultetlarning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovinlari, professor-o‘qituvchilar hamda iqtidorli talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

Tadbir qiziqarli savol javob va bahs munozaralarga boy tarzda bo‘lib o‘tdi.

IMG_6297

IMG_6302

IMG_6309

IMG_6329