Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | (375) 221-09-23 atm@qmii.uz

Karyera kunlari mehnat yarmarkasi

 2018 yil 7 aprel kuni Qashqadaryo viloyati hokimligi, Qashqadaryo viloyati prokuraturasi, Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi, Qashqadaryo viloyati Bandlik Bosh boshqarmasi bilan hamkorlikda institutning 2017/2018 о‘quv yili bitiruvchilari uchun “Karyera kunlari” mehnat yarmarkasi tadbiri о‘tkazildi.

Tadbirda “SHо‘rtangazkimyo majmuasi” MCHJ, “SHо‘rtanneftgaz” MCHJ, “Muborak gazni qayta ishlash zavodi” MCHJ, “Qarshi yog‘-ekstraksiya” AJ, “Koson yog‘-ekstraksiya” AJ, “Dunyo-M” AJ boshqaruvi, “Avtotraktorradiator” О‘zbekiston-Rossiya qо‘shma korxonasi, “Dehqonobod kaliyli о‘g‘itlar zavodi” unitar korxonasi, Qashqadaryo viloyat “Suvoqova” boshqarmasi, Qashqadaryo viloyat tabiatni muhofaza qilish qо‘mitasi, Amu-Qashqadaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi, “О‘zgeoburg‘uneftgaz” AJ, viloyat bojxona boshqarmasi, Qarshi magistral kanalidan foydalanish boshqarmasi, Markaziy bank Qashqadaryo viloyati bosh boshqarmasi, Agrobank, Xalq banki, Aloqabank, Qishloqqurilish bank, Ipak yо‘li bank, viloyat G‘aznachilik boshqarmasi, viloyat Soliq boshqarmasi, «Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti Qashqadaryo filiali, Qashqadaryo viloyat yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasi, Viloyat Issiqlik manbai, Talimarjon issiqlik elektr stansiyasi, Qashqadaryo hududiy elektr tarmoqlari OAJ, Qashqadaryo viloyat о‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmasi va viloyatdagi boshqa yirik korxona, tashkilot, muassasalarning rahbarlari, yetakchi mutaxassislari, tadbirkorlar, ishbilarmonlar, tumanlar bandlikka kо‘malashuvchi markaz vakillari, kasb-hunar kollejlari direktorlari ishtirok etishdi

2017/2018 о‘quv yilida institutni 22 ta ta’lim yо‘nalishi bо‘yicha jami 1923 nafar bakalavr, shu jumladan 743 nafar davlat granti asosida, 1180 nafari tо‘lov-shartnoma asosida, 10 ta mutaxassisliklar bо‘yicha jami 36 nafar magistrdan 14 nafari davlat granti asosida, 22 nafari tо‘lov-shartnoma asosida bitiruvchi yoshlarni ish bilan ta’minlash masalasi “Institut bitiruvchilarini ishga taqsimlash bо‘yicha taqsimot komissiyasi”da alohida muhokama etilib, mutasaddi hamkor tashkilotlar bilan shartnomalar tuzush belgilab olindi.

_MG_1803

_MG_1875

IMG_1730

IMG_1889