Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | (375) 221-09-23 atm@qmii.uz

Odam savdosi-davr muammosi, Korrupsiya-jamiyat taraqqiyotiga g‘ov

2018 yil 27 may kuni Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti Iqtisodiyot fakultetida, Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatchilikka qarshi kurash departamenti Qarshi shahar bо‘limi, Qashqadaryo viloyati ichki ishlari boshqarmasi hamkorligida Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 1 maydagi 377-sonli buyrug‘ida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan “Odam savdosi-davr muammosi, Korrupsiya-jamiyat taraqqiyotiga g‘ov” mavzularida ma’naviy-ma’rifiy tadbir о‘tkazildi.
Tadbirda Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatchilikka qarshi kurash departamenti Qarshi shahar bо‘limi inspektori SH.Haqmirzayev, Qashqadaryo viloyati ichki ishlari boshqarmasi profilaktika inspektori X.Xomidov, fakultetning dekan muovinlari K.Mirzayev, SH.Mingboyev, institut xotin-qizlar kengashi raisi Y.Raxmanova, fakultet professor-о‘qituvchilari K.Muzaffarova, SH.Fayziyeva, A.Jurayev hamda 84 nafar talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

_MG_7897

_MG_7909

IMG_7930