Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | (375) 221-09-23 atm@qmii.uz

BIR MILLION O‘ZBEK DASTURCHILARI

2019 yilning 21 noyabrida Birlashgan Arab Amirliklari bilan hamkorlikda bir million maxalliy dasturchilarni tayyorlash bo‘yicha “One Million Uzbek Coders” loyihasi ishga tushirildi.

Loyiha Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Dubai Future Foundation jamg‘armasi, Toshkentdagi Inha universiteti hamda Muxammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab bilan xamkorlikda amalga oshirilmoqda.

Loyihaning birinchi bosqichida to‘rtta mutaxassislik – Ma’lumotlar tahlilchisi, Front-end veb-dasturchisi, Full-stack veb-dasturchisi va Android ilovalar dasturchisi qamrab olinadi. Umumiy kurslar 120 soatni tashkil etadi va kurslar yakunida tegishli sertafikatlar beriladi.

“One Million Uzbek Coders” loyihasida ishtirok etish uchun UzbekCoders.uz veb-sayti orqali ro‘yxatdan o‘tishingiz mumkin.

Loyihaning imkoniyatlari:

  • Onlayn sertifikatlar
  • Onlayn forumlar
  • Ish imkoniyatlari
  • Grantlar
  • Mentorlar bilan yakkama-yakka muloqot
  • Amaldagi loyihalarda ishtirok etish
  • Karera bo‘yicha maslahatlar
  • IT-gigantlar tan oladigan diplom

F.A.Q.:

  • “Bir million o‘zbek dasturchilari” tashabbusi uzluksiz davom etadi
  • Onlayn-jamiyat platformasi ingliz va o‘zbek tillarida faoliyat olib boradi
  • Kursni mobil telefon orqali o‘rgansa bo‘ladi
  • Kurslarga o‘quvchi yoki o‘qituvchi sifatida ro‘yxatdan o‘tish mumkin.

Talablar:

  • Ishtirokchi 13 yoshdan oshgan hamda ma’lumotidan qat’iy nazar O‘zbekiston fuqarosi bo‘lishi lozim.

QarMII axborot xizmati.