Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | (375) 221-09-23 atm@qmii.uz

KORONAVIRUS: UNING BELGILARI QANDAY KECHADI

Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 1 fevralda bo‘lib o‘tgan selektor yig‘ilishi topshiriqlariga asosan Qashqadaryo viloyati hududiga Xitoy Xalq Respublikasidan kelgan jami 164 nafar fuqaroning ahvoli har birining xonadoniga borgan holda o‘rganildi va nazorat ishlari tashkil etildi. O‘rganish natijasida joriy yil 5 fevral holatida 103 nafar fuqaro yashash manziliga yetib kelgan, 30 nafari esa Toshkent shahrida ekanligi aniqlangan. 3 nafar fuqaro ko‘rsatilgan manzilda istiqomat qilmayotganligi sababli hozircha tibbiy nazorat o‘tkazish imkoni bo‘lmagan.

Mazkur ma’lumotlar Neft va gaz fakultetida o‘tkazilgan tadbirda aytib o‘tildi. Koronavirus va uning oqibatlariga bag‘ishlab o‘tkazilgan tadbirda viloyat OITSga qarshi kurash markazi shifokorlari Dilfuza Turopova va Dilshod Karimov tashrif buyurib, talaba-yoshlarga tibbiy ko‘nikmalar berishdi. Kasallikni yengib o‘tish bosqichlari va kurash yo‘llari haqida gapirildi.

QarMII axborot xizmati.