Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | (375) 221-09-23 atm@qmii.uz

PROFILAKTIKA – KASALLIKNI CHEKLAYDI!

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining xabar berishicha, joriy yilning 7 fevral holatiga ko‘ra koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan kishilar soni 31 ming 161 kishiga yetgan. 636 kishining taqdiri fojia bilan tugadi – ular vafot etishgan.

  • Kasallikni davolashdan ko‘ra, oldini olgan afzalroq, – deydi Geologiya va konchilik fakultetining yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini Baxtiyor Jalilov. – Mamlakatimizda kasallikning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish borasida qator samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Bugun deyarli barcha guruhlar kesimida talaba-yoshlar bilan o‘tkazilayotgan tadbirlarga taklif qilingan tibbiyot xodimlari koronavirus va u bilan bog‘liq barcha ma’lumotlar haqida batafsil gapirib berishdi. O‘z navbatida talabalar ham savollariga mutaxassislardan to‘liq javob olishdi.

Tadbirlarda viloyat OITSga qarshi kurash markazi bo‘lim boshlig‘i Abdulatif Rizaev ma’ruza o‘qidi.

QarMII axborot xizamati.