Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | (375) 221-09-23 atm@qmii.uz

QIZLAR BILAN UMUMIY YIG‘ILISH O‘TKAZILDI

Prezidentimiz tomonidan yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularda san’at, madaniyat, teatrga va rassomchilikka bo‘lgan havas hissini uyg‘otish, sport bilan shug‘ullanishlari va axborot texnologiyalari to‘g‘risidagi bilimlarni puxta egallashlari uchun sharoitlar yaratish, kitobxonlikni keng targ‘ib qilish va xotin-qizlar bandligini ta’minlash maqsadida ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus ijrosini ta’minlash maqsadida Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutida qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Joriy yilning 4 fevral kuni Energetika fakultetida o‘tkazilgan navbatdagi umumiy yig‘ilish davomida 5 tashabbusning beshinchisida nazarda tutilgan vazifalar va ularning ijrosi muhokama qilindi. Institut xotin-qizlar kengashi raisi Yu. Raxmonova, fakultet dekani A.Raximov, yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari A.Ro‘ziev, fakultet murabbiylar kengashi raisi B.Bobonazarov, fakultet xotin-qizlar boshlang‘ich tashkiloti raisi F.Norqobilova va 71 nafar talaba qizlar ishtirok etishdi.

Yig‘ilishda “Xotin-qizlarni tazyiqlar va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida” va “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari mazmun va mohiyati haqida ham gapirildi.

  • Bugun talaba qizlar bilan “Qizlar davrasi” ko‘rik-tanlovining fakultet bosqichini o‘tkazish va eng iqtidorli, bilimli va iste’dodli qizlarni saralab olish masalasini ham kelishib oldik, – deydi Yu.Raxmonova. – Bundan tashqari, “Orasta qizlar” to‘garagini tashkil qilib, unda hunarmandchilik ishlarini o‘rgatish ishlarini rejalashtirdik.

Talaba qizlar o‘zlarining muammolari va rejalashtirilgan masalalar ijrosini samarali tashkil etish yuzasidan takliflarini bildirishdi.

QarMII axborot xizmati.