Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | (375) 221-09-23 atm@qmii.uz

“Quvnoqlar va zukkolar”: “TEXNOLOG” G‘OLIB BO‘LDI

Kecha viloyat musiqali drama teatrida “Quvnoqlar va zukkolar” respublika ko‘rik-tanlovining Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti fakultetlararo “REKTOR KUBOGI” bellashuvi bo‘lib o‘tdi. Ko‘rik-tanlovda Muhandis-texnika, Energetika, Texnologiya, Geologiya va konchilik va Iqtisodiyot fakultetlarining “Kometa”, “Energy”, “Texnolog”, “Tinib-tinchimas geologlar” va “Beklar” jamoalari g‘oliblik uchun bahs olib borishdi.

  • Maqsad – talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishlarini tashkil etish va ularda teatr, madaniyat va aholi dam olish markazlarida mazmunli hordiq chiqarish ko‘nikmalarini shakllantirish, – deydi “Yoshlar ittifoqi” institut boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi Z.Eshonqulov. – Bundan tashqari, talabalar orasida iqtidorli va iste’dodlarini saralab olib, san’atga bo‘lgan qiziqishlarini yanada kuchaytirish, qullab-quvvatlash kabi vazifalar ham nazarda tutilgan.

Jamoalar 3 ta – “Talabalik oltin davrim”, “Javobini o‘ylab ayting…” va “Tasavvurning imkoniyati cheksiz” shartlari asosida bellashdilar. Qunoq va ko‘tarinki kayfiyatda davom etgan ko‘rik-tanlovning yakuniy natijalariga ko‘ra “Texnolog” jamoasi tengsiz deb topildi. “Tinib-tinchimas geologlar” ikkinchi, “Beklar” uchinchi o‘rinlarga sazovor bo‘lishdi. “Energy” kuchli to‘rtlikda bo‘lgan bo‘lsa, “Kometa”chilar 5-o‘rin bilan kifoyalanishdi.

G‘olib va sovrindorlar diplom va estalik sovg‘alar bilan taqdirlanishdi.

QarMII axborot xizmati.