Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | (375) 221-09-23 atm@qmii.uz

Talabalar uchun tanlovlar !

Ayni kunlarda talabalar karantin tufayli e’lon qilingan ta’tildalar. Ularning masofadan turib bilim olishlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida vazirlik tomonidan barcha resurslar (https://t.me/eduuz/2104) ishga solinmoqda, 2020 yil 1 apreldan OTMlarda masofaviy ta’lim boshlangan.

Koronavirus pandemiyasi sharoitida talabalar vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida OTMlardan turli intellektual va ijodiy tanlovlar ham o‘tkazilmoqdaki, bu talabalarga ta’tilda zerikmaslik va o‘z qobiliyatlarini namoyon qilish imkonini bermoqda.

Jumladan, Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida talabalar o‘rtasida uchta tanlov e’lon qilindi:

✅ 1-tanlov – «Koronavirus pandemiyasi natijasida vujudga keladigan global inqiroz holatlarining respublika iqtisodiyotiga salbiy ta’sirini yumshatish” mavzusidagi maqolalar tanlovi;

✅ 2-tanlov – «BIRMIZ: uyda qolib koronavirusni yengamiz» ruknidagi materiallar (foto, video va g‘oyalar tanlovi);

✅ 3-tanlov – Talabalarning eng yaxshi innovatsion tadbirkorlik loyihalari.

Tanlovga materiallar 2020 yil 20 aprelgacha qabul qilinadi (A.Amonov, @tdiuadmin, 909090683).

Tanlov natijalari 2020 yil aprel oyi so‘nggida universitetning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi. Har bir yo‘nalish bo‘yicha 15 nafardan g‘oliblar saralab olinadi va moddiy rag‘batlantiriladi.

O‘zbekiston Milliy universitetida ham talabalar o‘rtasida ijodiy tanlov e’lon qilindi.

Tanlov shartiga ko‘ra O‘zMU talabalari uylaridan turib ijodiy ishlari, yoki o‘zlari yoqtirgan she’r, monolog, qo‘shiq, raqs va boshqa materiallarni ijtimoiy tarmoqlarga joylaydi.

Eng ko‘p ovoz to‘plagan 25 nafar talaba aniqlanadi va taqdirlanadi.

Ijodiy ishlar o‘zbek, rus va qoraqalpoq tillarining birida ixtiyoriy ravishda taqdim etilishi mumkin.

Tanlovga ishlar joriy yilning 20 apreliga qadar @ravshan7277 telegram manzilida qabul qilinadi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining rasmiy telegram kanaliga ulanish👇👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEX5-AvPsYY6S0TbOQ