Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | (375) 221-09-23 atm@qmii.uz

TALABALAR BILAN ONLAYN DARSLAR DAVOM ETMOQDA

Sir emas, pandemiya munosabati bilan joriy – 2020/2021 oʻquv yili oʻquv darslari onlayn boshlandi. Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutining 2-, 3- va 4-kurs talabalari bilan ham davom etayotgan mazkur darslarni sifatli tashkil qilish borasida oliygoh axborot-texnologiyalari markazi xodimlari tomonidan bir qator samarali ishlar amalga oshirilgan.
Birgina, Muhandislik texnologiyasi fakultetining “Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqarish” kafedrasi professor oʻqituvchilari tomonidan yangi oʻquv yili boshlanganidan buyon Google Meet ilovasi orqali oʻnlab ana shunday onlayn darslar olib borildi.

Eng avvalo, talabalarga joriy oʻquv yilida taʼlim sifatini oshirish borasida pandemiya sharoitini inobatga olgan holda institut rahbariyati tomonidan qilingan ishlarni tanishtirdik, – deydi kafedra mudiri A.Mallayev. – Oʻz oʻrnida, ularni qiynayotgan muammolarni ham oʻrganib chiqdik. Bu muammolarni inobatga olgan holda dars mashgʻulotlarini onlayn olib borish uchun qulay vaqt va oʻquv jarayonlari bilan bogʻliq boshqa masalalar kelishib olingan.
Bundan tashqari, tizimda ishlash koʻnikmasiga yaxshi ega boʻlmagan talabalarga guruhning faol talabalarini biriktirish masalalari muhokama etildi. Har bir guruh talabalarining fikrlari va takliflari eshitildi.

QarMII axborot xizmati.