Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | (375) 221-09-23 atm@qmii.uz

Xorijiy yoki nodavlat oliy taʼlim muassasalaridan oʻqishini koʻchirish (tiklash) boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan hamda oʻtkazilgan maxsus sinovlarda (onlayn test, kasbiy (ijodiy) imtihonlarda) ishtirok etgan talabalar DIQQATIGA !

❗️2020/2021 oʻquv yili uchun xorijiy yoki nodavlat oliy taʼlim muassasalaridan oʻqishni koʻchirish (tiklash) boʻyicha oʻtkazilgan maxsus sinovlar (onlayn test, kasbiy (ijodiy) imtihonlar) natijalariga koʻra Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tizimidagi oliy taʼlim muassasalariga oʻtish bali 56,7 etib belgilandi.

‼️Maxsus sinovlarda (onlayn test, kasbiy (ijodiy) imtihonlarda) ishtirok etib 56,7 ball va undan ortiq ball toʻplagan talabalardan tegishli oliy taʼlim muassasalariga murojaat qilishlari soʻraladi.

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tizimidagi oliy taʼlim muassasalari roʻyxati:

Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti;
Oʻzbekiston milliy universiteti;
Oʻzbekiston milliy universiteti Jizzax filiali;
Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti;
Toshkent davlat texnika universiteti;
Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filiali;
Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali;
Toshkent davlat texnika universiteti Qoʻqon filiali;
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti;
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali;
Toshkent moliya instituti;
Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti;
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti;
Toshkent kimyo-texnologiya instituti;
Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali;
Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali;
Toshkent davlat pedagogika universiteti;
Toshkent davlat pedagogika universiteti Termiz filiali;
Toshkent davlat pedagogika universiteti Shahrisabz filiali;
Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti;
Andijon mashinasozlik instituti;
Andijon davlat universiteti;
Buxoro davlat universiteti;
Buxoro muhandislik-texnologiya instituti;
Guliston davlat universiteti;
Jizzax politexnika instituti;
Qoraqalpoq davlat universiteti;
Qarshi davlat universiteti;
Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti;
Namangan davlat universiteti;
Namangan muhandislik-qurilish instituti;
Namangan muhandislik-texnologiya instituti;
Samarqand davlat universiteti;
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti;
Samarqand davlat chet tillar instituti;
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti;
Termiz davlat universiteti;
Fargʻona davlat universiteti;
Fargʻona politexnika instituti;
Urganch davlat universiteti;
Navoiy davlat pedagogika instituti;
Nukus davlat pedagogika instituti;
Jizzax davlat pedagogika instituti;
Qoʻqon davlat pedagogika instituti;
Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti;
Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti;
Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Buxoro filiali;
Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Qarshi filiali.